Iliya Topuriya UFC ning uch kamariga ega chiqmoqchi
Engil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya yarim oʻrta vazn chempioni Islom Maxachevga qarshi jang oʻtkazib, UFC da uchinchi kamarni qoʻlga kiritmoqchi.
"Men uchun eng ideal variant — Maxachev bilan yarim oʻrta vaznda jang qilish. Shunda men uchinchi kamarni qoʻlga kirita olar edim. Yana bir ajoyib variant — 70 kg va 77 kg boʻlgan vazn toifasida, keyin vazn toifasidan qatʼi nazar eng yaxshi jangchi uchun yangi maxsus kamarga jang qilish", — dedi Iliya bloger Adina Rosaning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Topuriya oxirgi bor "UFC 317" turnirida oktagonga koʻtarilib, Charlz Oliveyrani 1-raundda nokautga uchratgan edi.
Gʻiyosiddin Uralov tayyorladi

Fikrlar