
Ilk bor o‘tkazilayotgan "Besh tashabbus paralimpiadasi"ga start berildi!
Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida ilk bor jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning para engil atletika, para stol tennisi, para shaxmat, para shashka va para kibersport turlari bo‘yicha "Besh tashabbus paralimpiadasi” bo‘lib o‘tadi.
Kecha Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida "Besh tashabbus paralimpiadasi”ning Toshkent shahar bosqichiga start berildi. Ishtirokchilar birinchi kunda para engil atletika bo‘yicha o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi.
Ta’kidlash kerakki, 19 noyabrga qadar Respublikamizning barcha hududlarida "Besh tashabbus paralimpiadasi"ning viloyat bosqich bellashuvlari o‘tkaziladi. G‘oliblar dekabr oyida poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan yakuniy Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
E’tiborlisi, ayni kungacha ushbu musobaqalarda ishtirok etish istagini bildirgan 18 ming nafardan ortiq qatnashuvchi maxsus bot orqali ariza qoldirgan. Bu esa "Besh tashabbus paralimpiadasi"ga qiziqish naqadar yuqori ekani va bahslar har qachongidan ham murosasiz kechishini anglatadi. Biz esa barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Fikrlar