UFC tarixidagi TOP-5 janchi kim? Iliya Topuriya javob berdi
Yengil vazn toifasi UFC chempioni Iliya Topuriya Edin Ross bilan o‘tkazgan intervyu davomida barcha davrlarning eng buyuk jangchilari haqida aytib o‘tdi.
Qiziqarlisi, sportchi o‘zining mazkur ro‘yxatiga rossiyalik Xabib Nurmagomedov va amerikalik Demetrius Jonsonni kiritmadi.
— Sen uchun barcha davrlarning TOP-5 UFC jangchilari kim?
— Barcha davrlarniki? Jorj Sen-Pyer, Jon Jons… Yana kim? Ochiği, bu juda qiyin savol. Men doim ismlarni unutaman.
— Demetrius Jonson-chi? Uni TOP-5 ga kiritasanmi?
— Yo‘q.
— Nima?! Uni tarixdagi eng buyuk yengil vazn jangchisi, deb hisoblamaysanmi?
— Eng buyuk yengil vazndami? Balki. Ha, ehtimol, u shu divizionda eng yaxshisidir. Yana kim mening TOP-5’imda… Bilmadim, yordam ber.
— Qara, senda Jorj Sen-Pyer, Penn, Iliya Topuriya, Silva bor.
— Ha, lekin men o‘zimni bunday ro‘yxatlarga qo‘shishni yoqtirmayman.
— Xabib-chi?
— Uning so‘nggi ikki jangidan oldin bahslarini tomosha qilish unchalik qiziq emas edi.
G‘iyosiddin Uralov tayyorladi
Fikrlar