Indzagi “Chelsi”dan uch futbolchi oladi. Ular orasida Shomurodov bilan o‘ynagan futbolchi bor!

  • 11.07.2021 10:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya chempioni “Inter”ni qabul qilib olgan Simone Indzagi klub rahbariyati bilan uchrashib, yozgi transferlar vaqtida qaysi futbolchilarga birinchi bo‘lib e’tibor qaratish lozimligini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, italiyalik murabbiy o‘z shogirdlari orasida “Chelsi”ning uch nafar o‘yinchisi Markos Alonso, Emerson Palmieri va Davide Dzappakostani ko‘rmoqchi.

Ma’lumki, Dzappakosta yakunlangan mavsumni Eldor Shomurodov bilan birga “Jenoa” jamoasida o‘tkazdi.  

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel bu uch futbolchidan faqat Markos Alonsoga ishonch bildirishga tayyorligini ta’kidlamoqda. Agar bu o‘yinchi uchun talab qilinayotgan transfer summasini to‘liq to‘laydigan jamoa topilmasa, Alonso Londonda qoladi.

Biroq, Palmieri va Dzappakostaning transferini amalga oshirish qiyin bo‘lmaydi. Chunki Tuxel bu ikki charm to‘p ustasiga jamoasidan joy bermayapti va klub xo‘jayinlari ularga xaridor qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!