Indzagi Shomurodovga qarshi kimlarni o‘ynatadi?

  • 20 dekabr, 2020, 13:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Italiya A Seriyasining 13-turida liga debyutanti “Benevento” o‘z maydonida “Jenoa” jamoasini qabul qiladi.

“Benevento” ham o‘zbek futboli muxlislari uchun begona emas. O‘tgan yili bu jamoada Jasur Jaloliddinov malaka oshirgan va karantin tufayligina Filippo Indzagi jamoasiga qo‘shila olmagan edi.

Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadigan o‘yinda katta ehtimol bilan Eldor Shomurodov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

“Benevento” bosh murabbiy Filippo Indzagi esa o‘yin qaydnomasiga kuyidagi futbolchilarni kiritdi.

Darvozabonlar:  Igor Lukatelli, Nikkolo Manfredini, Lorentso Montipo, Per Gratsio Gori.

Himoyachilar:  Kamil Glik, Gaetano Letitsiya, Federiko Barba, Alessandro Tuya, Dam Fulon, Kristian Pastina.

Yarim himoyachilar:  Lorentso Del Pinto, Brayan Dabo, Andres Tello,Nikolas  Viola, Perparim Xetemay, Rikkardo Improta, Roberto Insine,  Artur Ionita.

Hujumchilar: Juzeppe Di Serio, Marko Sau, Janluka Kaprari, Janluka Lapadula, Gabriele Monchini, Yago Falke.

“Jenoa” muxlislari Shomurodovga shart qo‘ydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Marufjon
20/12/2020 14:34
Элдорни ўйинини кўриш учун нима қилишим керак энди?