Infantino Trampga Jahon chempionati finali uchun 10 ta chipta sovgʻa qildi

  • 01.07.2026 07:13
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA prezidenti Janni Infantino AQSh prezidenti Donald Trampga 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati finali uchun 10 ta chipta sovg‘a qildi.

AQSh prezidentining yillik moliyaviy hisobotiga ko‘ra, mazkur chiptalarning umumiy qiymati 15 ming dollarni tashkil etadi.

Hisobotda qayd etilishicha, Tramp turli tashkilotlar va shaxslardan boshqa sport tadbirlari uchun ham chiptalar olgan. Ular orasida eng qimmati Super Bowl finali uchun taqdim etilgan 10 ta chipta bo‘lib, ularning umumiy qiymati 50 ming dollar deb baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!