Ingliz vunderkindi uchun kurashga "Bavariya" ham qo‘shildi

  • 15 sentabr, 2020, 15:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" vingeri Kallum Xadson-Odoi "Bavariya" qiziqishlari doirasiga turibdi.

"Sky Sports" nashrining xabar berishicha, Angliya terma jamoasi a’zosi uchun myunxenliklardan tashqari, "Yuventus" va "RB Leyptsig" klublari ham qiziqish bildirmoqda. "Bavariya" 19 yoshli vingerni yaqinda ijara muddati tugagan Ivan Perishichga o‘rinbosar sifatida xarid qilmoqchi.

Xadson-Odoi "aristokratlar" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uning transfer narxi 31 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!