
Insayd! "Neftchi" o‘z safiga ikkita legioner qo‘shib olishi kutilmoqda, ularni Levchenkoning shaxsan o‘zi tanlagan
Ayni damda ikkita legioner "Neftchi" jamoasi ko‘rigida bo‘lib turibdi. Ularni shahsan bosh murabbiy Vitaliy Levchenkoning o‘zi tanlagan. Bu haqda SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining telegram kanali orqali xabar berdi.
Shuningdek, farg‘onaliklar transfer oynasida so‘nggi kunga qadar faol bo‘lishi kutilmoqda. Jamoa short-listida mahalliy futbolchilardan tashqari yahshi saviyadagi legionerlar ham bor.
Transfer kampaniyasini to‘liqligicha Levchenkoning o‘zi o‘tkazadi. Aynan uning kriteriyalari asosida tuzilgan ro‘yxat mavjud.
Fikrlar