"Inter" afsonaviy Tyuramning o‘g‘lini jamoaga olib kelmoqchi

  • 5 mart, 2022, 13:51
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Inter" jamoasi yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Milanliklar yozda ketishi kutilayotgan Lautaro Martines o‘rniga futbolchi sotib olmoqchi. 

Hozirda "neradzurrilar" uchun asosiy nomzod "Borussiya" Menxengladbax vakili Markus Tyuram hisoblanadi. Futbolchi Germaniyada ko‘rsatayotgan ajoyib o‘yinlari sabab "Inter"ning e’tiboriga tushgan.

Hozirda frantsiyalik hujumchi gladbaxliklar safini tark etish haqida o‘ylamayapti. Ammo agar Italiyaning amaldagi chempioni "yog‘li" taklif bersa, Lilian Tyuramning o‘g‘li jamoasini o‘zgartirishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, Markus Tyuram "Transfermarkt" portalida 28 million evroga baholangan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!