"Inter" endi "Borussiya" Dortmund futbolchisini nishonga oldi

  • 25.12.2019 11:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund klubi yarim himoyachisi Yulian Vaygl faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Sky Sport Italia tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli germaniyalik futbolchi "Inter"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. “Neradzurrilar” uni “Barselona”dan sotib olishni ko‘zlayotgan xavbek Arturo Vidal o‘rniga munosib ko‘rishmoqda. Boisi, chililik futbolchi katta ehtimol bilan kataloniyaliklar safidan ketmaydi.

Ma’lumot uchun, Vaygl joriy mavsum “Borussiya” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!