“Inter” eng badavlat klub taklifini qabul qildi

  • 25 mart, 2022, 11:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” tajribali himoyachi Stefan De Vrey bo‘yicha takliflarni qabul qilishga roziligini bildirdi.

Tecno

De Vreyning milanliklar bilan amaldagi kelishuvi kelasi yili yozda yakunlanadi. “Inter” mutasaddilari futbolchi erkin agentga aylanmay turib, uni mavsum yakunlanishi bilan sotib yuborishga qaror qildi.

Aslida chempion jamoa himoyachi bilan yangi bitim imzolashga qaror qilgandi. Lekin muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Stefan De Vrey 2018 yildan beri milanliklar safida 155 ta uchrashuv o‘tkazgan. Bu futbolchiga anchadan beri “Nyukasl” qiziqish bildirmoqda. “Qarg‘alar” yanvarda ham uning transferi bo‘yicha “Inter”ga murojaat qilgandi. Angliya klubi futbolchi uchun 20 million funt taklif qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!