"Inter" yetakchisi bilan shartnoma uzaytirmoqchi

  • 16.01.2026 18:31
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi Hakan Chalxanoglu bilan shartnoma uzaytirmoqchi.

Xabarlarga koʻra, "neradzurilar" yarim himoyachiga  yangi shartnoma taklif qilmoqchi. "Inter" 31 yoshli futbolchiga 2028 yilgacha moʻljallangan kelishuvni rejalashtirmoqda. Shuningdek, bitimga 2029 yilgacha uzaytirish imkoniyati ham kiritiladi. Muzokaralar yaqin kunlarda boshlanishi mumkin. Turkiyalik xavbekning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Chalxanogluning xizmatlariga "Galatasaroy" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Maʼlumot uchun, yarim himoyachi joriy mavsumda 22ta oʻyinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!