"Inter" etakchisi Lautaro Martines jarohat olib, safdan chiqdi

  • 22 dekabr, 2023, 18:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" futbolchisi va jamoa to‘purari bo‘lib turgan Lautaro Martines jarohat olib, safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, argentinalik hujumchi chap soni mushaklarini shikastlab olgan. Uning ahvoli tez orada qayta baholanadi. Ma’lum qilinishicha, Martines A Seriya doirasidagi "Lechche" va "Jenoa"ga qarshi bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Lautaro joriy mavsum A Seriyaning 16 o‘yinida 15 gol va 4 assist muallifi bo‘ldi. Shuningdek, u chempionlar ligasida 6 uchrashuvda 2 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!