
"Inter" etakchisi yana jarohat oldi
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku yana jarohat oldi.
"Sky Sport Italia" nashrining xabariga ko‘ra, belgiyalik forvard chap sonining orqa qismidan jarohat olgan. Futbolchi qachon safga qaytisha hozircha noma’lum emas. Romelu "Bavariya" va "Yuventus"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Bu Lukakuning mavsum boshidan buyon olgan ikkinchi jarohati. U butun sentyabr va oktyabr oyining ko‘p qismini son jarohati sababli o‘tkazib yuborgan edi. Joriy mavsum hujumchi 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar