"Inter" futbolchisini Rossiyada olib qolishdi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi "Inter" yarim himoyachisi Joau Mariuning ijara shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Passioneinter nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv joriy mavsum yakunigacha amal qiladi.
27 yoshli Mariu bu mavsum “Lokomotiv” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golga assistentlik qilishga erishdi. Uning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar