
"Inter" hujumchisiga APLning 2 grand klubi jiddiy qiziqmoqda
Frantsiyalik hujumchi Markus Tyuramning nomi yozgi transfer oynasida yana shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda. "Il Giorno" nashriga ko‘ra, "Inter" futbolchisiga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqish bildirilgan. Har ikki klub markaziy hujumchi qidirmoqda.
Tyuram bilan 2023 yilda qiziqqan PSJ ham bu safar yana harakatga tushishi mumkin. Uning "Inter" bilan shartnomasida 85 million evroga teng to‘lov sharti bor.
Milanliklar uning ehtimoliy ketishiga tayyorlanayotgan ko‘rinadi. Manbalarga ko‘ra, klub "Fiorentina" forvardi Moyze Kinni nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Kin uchun belgilangan 52 million evrolik voz kechish puli 15 iyulgacha amal qiladi.
Agar shu muddatgacha kelishuv amalga oshmasa, "Fiorentina"ni 25 gol urgan hujumchini sotishga ko‘ndirish ancha qiyin bo‘ladi. Shuningdek, "kanonirlar" va "qizil iblislar" Kin bilan ham aloqada ekani xabar qilingan.
Markus Tyuram o‘tgan mavsum A Seriyada 32 o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 4 ta assist bilan ishtirok etdi.
Fikrlar