“Inter” Kuman chaqirayotgan yulduzga ko‘z tikdi

  • 27.12.2020 15:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter” Angliya premer-ligasida barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan Jorjino Veynaldumni o‘z tarkibiga olmoqchi.

“Liverpul” mutasaddilari niderlandiyalik yarim himoyachini yangi shartnomaga ko‘ndira olmadi. Bu futbolchini “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman ham Kataloniyaga chaqirmoqda.

Futbolchining o‘zi hayot tarzini o‘zgartirish va faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida boshqa klubga o‘tishga qaror qilgan.

30 yoshli futbolchi “Liverpul”da barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, bir marta raqib darvozasini ham ishg‘ol qildi. Uning inglizlar bilan kelishuvi yozda yakunlanadi. Yanvardan boshlab, Veynaldum o‘zi istagan jamoalar bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!