
"Inter" Lukaku uchun kurashdan chiqdi
"Inter" transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan Romelu Lukakuni sotib olmaslikka qaror qildi. Italiya klubi "aristokratlar" bilan kelisha olmaganidan keyin boshqa hujumchilarga e’tiborini qaratadi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, belgiyalik hujumchi milanliklar safiga o‘tishga tayyor edi. Ammo "Chelsi" 30 futbolchini 30 million evroga sotish niyati yo‘q.
Ayni damda Romelu uchun kurashda "Yuventus" favorit bo‘lib turibdi. Turinliklar umumiy 40 million evrolik taklif yubordi.
Fikrlar