
"Inter Mayami" Messini osonlikcha qo‘yib yubormoqchimi?
AQShning "Inter Mayami" klubi Lionel Messini saqlab qolishga ishonchi komil. Argentinalik yulduzning amaldagi shartnomasi 2025 yil dekabrigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq Saudiya Arabistonining "Al-Axli" klubi Messini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida ekani va bir necha haftadan buyon muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shunga qaramay, "Inter Mayami" rahbariyati argentinalik futbolchini jamoada qoldirishga ishonadi va bu borada jiddiy harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Messi joriy mavsum MLSda 14 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.
Fikrlar