"Inter Mayami" Regilonni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin

  • 04.10.2025 05:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Inter Mayami" ayni paytda erkin agentda bo‘lib turgan Serxio Regilon bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqida Fabritsio Romano xabar berdi. 

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalik himoyachiga bir nechta taklif kelib tushgan, lekin futbolchi MLS klubini tanlash ehtimoli yuqori. 28 yoshli futbolchi o‘z vaqtida "Real Madrid" safida Lionel Messiga qarshi harakat qilgan. Endilikda, ular bir jamoada o‘ynashi kutilmoqda. 

Real Madrid v FC Barcelona - La Liga Santander

Serxio yozgi transferlar oynasida, ya’ni iyulda "Tottenxem" bilan xayrlashgan. Shundan beri u klubsiz bo‘lib turibdi.

"Shporlar" Regilonni "Real"dan 2020 yili 30 million evroga sotib olgandi. Keyingi yillarda himoyachi "Tottenxem", "Manchester Yunayted" va "Brentford" klublariga ijaraga berildi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!