
"Inter" rahbariyatining Lukaku masalasida qarori qat’iy
"Inter" rahbariyati "Chelsi" hujumchisi Romelu Lukakuni yana tarkibda saqlab qolmoqchi. Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "neradzurrilar" belgiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishmoqchi.
Italiya grandi allaqachon futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Endi milanliklar transferni to‘g‘ridan-to‘g‘ri "aristokratlar" rahbariyati bilan kelishib olishlari kerak. "Inter" ijara uchun besh million evro va agar jamoa mavsum yakunida Chempionlar ligasiga chiqsa, 30 millionga sotib olish variantini tayyorlamoqda.
Romelu o‘tgan mavsum "Inter"da ijara asosida o‘ynagandi. U 25 uchrashuvda qatnashib, o‘nta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar