"Inter" Renatu Sansheshga qiiziqib qoldi

Myunxenning "Bavariya" klubi va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Renatu Sanshesh faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TMW nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha Milanning "Inter" klubi rahbariyati futbolchining transferi masalasida "Bavariya" mutasaddilari bilan aloqaga chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Sanshesh myunxenliklar tarkibiga 2016 yilning yozida Lissabonning "Benfika" klubidan kelib qo‘shilgan va 5 yillik shartnoma imzolagan edi. 
Ma’lumot uchun, u joriy mavsum Bundesliganing 17ta uchrashuvida maydonga tushgan. Ta’kidlash kerakki, Sanshesh mavsum yakuniga qadar yana bir uchrashuvda ishtirok etsa, "Bavariya" futbolchining avvalgi jamoasi bo‘lgan "Benfika"ga 5 mln evro miqdorida bonus to‘lashi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!