"Inter" va "Liverpul" jamoalari "Barselona" futbolchisi uchun kurashmoqda

CHERY AUTO

Italiyaning “Inter” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Rafinya Alkantarani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 24 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun “neradzurrilar”ga “Liverpul” raqobat qilmoqda.

Tecno

“Qizillar” uni Koutinoning o‘rniga olib kelishmoqchi. Zero Koutino “Barselona” nigohi ostida bo‘lib turibdi  va uning transferining bir qismi sifatida Rafinya “Liverpul” safiga kelib qo‘shilishi mumkin.

Ilgariroq, Alkantaraga “Arsenal” ham “og‘iz solgani” haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Rafinya yakunlangan mavsumda La Ligada 18 ta bahsda maydonga tushdi va 6 ta gol kiritib, ikki golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!