"Inter" yozda Andre Gomesh uchun kurash olib boradi

  • 21 mart, 2019, 21:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi mavsumni ijara asosida "Everton"da o‘tkazayotgan "Barselona” yarim himoyachisi Andre Gomeshni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ammo, “irischilar” 25 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun Kataloniya super klubiga 25 mln evro to‘lab uni to‘liq sotib olishni rejalashtirishmoqda. Biroq, agar “neradzurrilar” mavsum yakunlariga ko‘ra EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishsa, albatta Gomesh uchun kurash olib borishadi.

Ma’lumot uchun, Gomesh joriy mavsum “Everton” safida APLda jami 23ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!