
Inyaki Uilyams: “Nikoga bosim kuchli bo‘ldi, lekin u to‘g‘ri qaror qabul qildi”
"Atletik" klubi hujumchisi Inyaki Uilyams ukasi Niko Uilyamsga yozda "Barselona" bilan bog‘liq mish-mishlar ortidan qilingan bosim haqida gapirdi. Niko yaqinda "Atletik" bilan 2035 yilgacha amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma imzolagandi.
"Biz futbol olami qanday ishlashini bilamiz. Ular media orqali muxlislarga ta’sir o‘tkazishga harakat qilishdi. Ular bunday bosim natija beradi, deb o‘ylashdi.
"Atletik"da kimnidir taklif qilmoqchi bo‘lsak, biz bunga tinchlik bilan yondashamiz. O‘sha paytdagi tashqi shov-shuv esa ko‘p zarar etkazdi va ko‘p narsani buzdi. Tarqalgan ma’lumotlarning ko‘pi yolg‘on edi.
Aslida ukam qaroriga deyarli kelib bo‘lgandi, lekin 2035 yilgacha tuziladigan shartnoma bu shunchaki bir kechada e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan narsa emas. Niko ikki marta vandalizm qurboniga aylandi — avval uning surati tushirilgan devor rasmini buzishdi, keyin esa mashinasining oynasini sindirishdi. Bu haqda hech kim bilmaydi, faqat uyda divanda o‘tirib: “Nima uchun bunday qilding?” deyish oson. Ukamning aziyat chekayotganini ko‘rish og‘ir edi" — deya javob berib o‘tdi ganalik forvard.
Fikrlar