Iordaniya U-23 bosh murabbiyi: "Gol o‘tkazib yuborilgan holat darvozabon va himoyachining xatosi evaziga yuzaga keldi"

  • 2 iyun, 2022, 15:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iordaniya U-23 hamda Iroq U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda tomonlar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. Iordaniya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmed Hayel bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu natijaga erishishimizda omad bizga yordam berdi. O‘yinda natija uchun hamma narsa qildik. Biroq vaziyatlardan foydalana olmadik. 

Biz uchun durang etarli emas edi. Qolgan ikki o‘yinda g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Keyingi bahslarda o‘sishga muvaffaq bo‘lamiz, deb o‘ylayman.  

Gol o‘tkazib yuborilgan holat darvozabon va himoyachining xatosi evaziga yuzaga keldi. Biroq ilk o‘yinda kamchiliklar bo‘lishi tabiiy edi. Biz xatolarni tuzatishimiz va kelgusi ikki muhim o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!