"Ipsvich"ni APLga qaytargan murabbiy "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin!

  • 16.05.2024 21:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yozda amaldagi bosh murabbiy ten Xag o‘rniga boshqa mutaxassis olib kelmoqchi. "Transfer News Live" nashri xabariga ko‘ra, makunianliklar Kiran Makkenna nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Kiran Makkenna joriy mavsum "Ipsvich" bilan birga Chempionshipdan APLga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Klub 22 yillik tanaffusdan so‘ng Premer Ligaga qaytdi .

"Manchester Yunayted" allaqachon 38 yoshli Makkennaning vakillari bilan bog‘langan. Avvalroq shimoliy irlandiyalik mutaxassis "qizil iblislar" murabbiylar shtabida Joze Mourino va Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida ishlagan. Bundan tashqari, Makkenna jamoaning yoshlar jamoasini boshqargan va klubda skaut sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Kiran 2021 yil dekabr oyidan beri "Ipsvich"ga murabbiylik qilib keladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!