
Iroq qanday tarkib bilan Toshkentga kelmoqda?
Xabaringiz bor, Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy terma jamoasi 29 mart kuni Toshkentda Iroq terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Iroq terma jamoasi Toshkentga quyidagi tarkib bilan kelmoqda:
Iroq terma jamoasi rasmiy tvitterida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19 cheklovlari tufayli Ali Adnan yoki Alaa Abbos O‘zbekistonga qarshi o‘yinga kelmaydi. Rebin Sulakada esa jarohat bor. Iroqning eng iqtidorli futbolchilaridan biri Mohanad Ali esa klub majburiyatlari tufayli ushbu o‘yinga jalb etilmagan. Ahmad Abdul-Husayn esa terma jamoadan ilk bor chaqiruv oldi.
Eslatib o‘tamiz, Iroq terma jamoasiga qarshi o‘yin 29 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.
Fikrlar