Iroq terma jamoasi "JCh–2026" pley-offi oldidan muammolarga duch kelmoqda
Shu bilan birga, jamoa rahbariyati Yaqin Sharqdagi xavfsizlik vaziyati sabab ayrim tashkiliy muammolar yuzaga kelganini ta’kidladi. Havo hududlarining yopilishi tufayli bosh murabbiy Grem Arnold Birlashgan Arab Amirliklaridan chiqib keta olmayapti. Shuningdek, ayrim elchixonalar yopiqiligi sabab bir qator futbolchilar, texnik va tibbiy xodimlar Meksikaga kirish uchun viza rasmiylashtira olmayotgani aytildi.
Ma’lum qilinishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi ham vaziyatdan to‘liq xabardor. Iroq termasi FIFA va OFK bilan doimiy aloqada ekanini hamda holat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.
Shu tariqa, uchrashuv rasm an belgilangan bo‘lsa-da, jamoa pley-off oldidan qator logistik va xavfsizlik muammolariga duch kelmoqda.

Fikrlar