Iroq U-23 bosh murabbiyi: "Iordaniya bugungi kunda Arab mamlakatlarining eng kuchli jamoalaridan ekanini isbotlab qo‘ydi"

  • 2 iyun, 2022, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iordaniya U-23 hamda Iroq U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda tomonlar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. Iroq olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Sokup bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Iordaniya bugungi kunda Arab mamlakatlarining eng kuchli jamoalaridan biri ekanini isbotlab qo‘ydi. Bu bahsda muxlislar g‘alaba qozondi. 

Ikki jamoa ham 3 ochko olishni qanchalar xohlaganini ko‘rdingiz. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Rostini aytsam, durang biz uchun yaxshi natija bo‘ldi. 

Agar o‘yinni kuzatgan bo‘lsangiz, ikki jamoa ham gol urish uchun borini berib harakat qildi. Jamoam ko‘p vaqt bosim ostida to‘p tepdi. Biroq ular oxirigacha kurashdi. Bu men ko‘rgan eng yaxshi holat bo‘ldi", - dedi mutaxassis. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!