Isko bundan bosh tortmoqda
"Real" yarim himoyachisi Isko qishki transferlar vaqtida Madrid klubini tark etishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi har qanday taklifni rad etmoqchi, chunki u 2022 yilning yozida tugaydigan shartnomasi yakuniga qadar "Real"da o‘ynash niyatida. Oldinroq yarim himoyachiga "Nyukasl" va "Fiorentina" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda 29 yoshli Isko “Real” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar