Islam Babadjanov: "Unga chempion bo‘lish istagi qaytgan"

  • 7 dekabr, 2024, 08:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ertaga 8 dekabr tongida AQShning Las-Vegas shahri "UFC 310" turniriga mezbonlik qiladi. Ushbu kechaning asosiy kardidan og‘ir vazn toifasi vakillari rossiyalik Aleksandr Volkov hamda Frantsiya vakili Siril Ganning jangi ham o‘rin olgan. Biz ushbu qarama-qarshilik borasida,Volkovning imkoniyatlari qandayligi yuzasidan Rossiyaning nufuzli nashri "Sport-Ekspress" jurnalisti Islam Babadjanovning fikrlariga qiziqdik. 
- Aleksandr hozir ruhiy yuksalishda, bir nechta muhim  g‘alabalardan so‘ng unga chempion bo‘lish istagi qaytgan. Agar, ustunliklari haqida gapiradigan bo‘lsak, Aleksandrda kuchli zarbalar, ajoyib "kik"lar hamda "yaxshigina "parter" bor. Siril Ganning Frensis Ngannu hamda Jon Jons bilan jangi ko‘rsatdiki, uni "parter"da bemalol nazorat qilish mumkin. Aleksandr bundan unumli foydalanadi, deb o‘ylayman. Shuningdek, frantsiyalikka bosim o‘tkazish ham ko‘p yoqmaydi. Biroq, Ganni "stoyka"da yutish juda qiyin. Shuning uchun unga nisbatan ko‘proq bosim o‘tkazish va "parter"da nazorat qilish yaxshiroq foyda beradi. Qisqa qilib aytganda men Volkovning g‘alabasiga ishonaman!

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!