
Islam Maxachev keyingi raqibi kim bo‘lishini aytdi!
Engil vazn toifasi (70.3 kg) UFC chempioni Islam Maxachev Edvards - Kovington jangi g‘olibiga qarshi oktagonga chiqmoqchiligini aytdi.
"Dekabr oyida Edvards va Kovington o‘rtasidagi jangda qatnashishni reja qildim. Endi meni boshqa vazn toifasida ikkinchi kamar uchun to‘qnashuvlar qiziqtiradi", - dedi Maxachev.
Eslatib o‘tamiz, UFC 296 turniri markaziy jangida Leon Edvards yarim o‘rta vazn toifasi chempionlik kamarini Kolbi Kovingtonga qarshi himoya qiladi.
Islam Maxachev UFC 294 doirasida Aleks Volkanovskini nokautga uchratgan holda engil vazn toifasi chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.
Fikrlar