Islom birdamlik o‘yinlari. Bugun 3 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, 7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik o‘yinlari kompleks musobaqalariga mezbonlik qiladi.
Musobaqaning boks bahslari doirasida bugun, 3 nafar bokschi qizlarimizning janglari o‘rin olgan. Ular chorak finaldan yurishlarini boshlashadi.
-51 kg: Zilolaxon Yusufova – Yara Alamri (Saudiya Arabistoni);
-57 kg: Xumroabonu Mamajonova – Laura Akram (Pokiston);
-65 kg: Mohira Ahmedova – Chaib Ichrak (Jazoir);
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar