Islom Maxachev: "Bilaman, Oliveyra nimadir qo‘shadi. Biroq..."

  • 28 sentabr, 2023, 11:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida (70,3 kg) UFC chempioni Islom Maxachev 21 oktabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan “UFC 294”turniri doirasidagi Charlz Oliveyra bilan bo‘ladigan jangi haqida so‘z yuritdi.

"Menga chempionlik yoqadi, uni yo‘qotishni xohlamayman. Ehtimol, kimdir meni kamroq mashq qilgan deb o‘ylar, lekin yo‘q, men yanada ko‘proq ishladim. Bilaman, Oliveyra nimanidir o‘zgartiradi, nimadir qo‘shadi - biz hammasiga tayyor bo‘lishimiz kerak. Charlzning hozircha yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q. Ehtimol, u ko‘proq tavakkal qilar. Lekin men barchasiga tayyor bo‘laman”, - dedi Maxachev UFCga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Oliveyra o‘rtasidagi ilk jang o‘tgan yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan va ikkinchi raundda Maxachev bo‘g‘ish uslubi bilan zafar quchgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!