Islom Maxachev vazn toifasini o‘zgartirsa, Iliya Topuriya kim bilan jang qiladi?

  • 7 aprel, 14:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC yulduzi Iliya Topuriya engil vaznda amaldagi chempion Islom Maxachev va unga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi. 

Tecno

"Maxachev bilan jang qilishga har doim tayyorman. Hozirda Islomning 77,1 kg o‘tishi haqida ko‘plab mish-mishlar yuripti. Agar u vazn toifasini o‘zgartirsa, men Arman Tsarukyanga qarshi kurashishga roziman" - dedi Iliya.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya oxirgi jangida amerikalik Maks Xolloueyni 3-raundda  nokaut qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!