Islom Maxachev yoki Jek Maddalena? Dastin Pore javob berdi

  • 26 iyun, 22:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore avstraliyalik Jek Della Maddalena va rossiyalik Islom Maxachev o‘rtasidagi ehtimoliy jang uchun o‘z prognozlarini bildirdi. 

Tecno

"O‘ylashimcha, kim g‘alaba qozonishini dastlabki ikki raunddan so‘ng bilib olamiz. Agar Islom Dellaga qarshi teykdaunlarni amalga oshira olsa, u g‘alaba qozonadi. Biroq Jek bunga imkon bermasa, 3-raunddan so‘ng, ustunlik avstraliyalik tomoniga o‘tib ketishi mumkin" - dedi Pore Mayk Bonga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev (27-1) va Maddalena (18-2) to‘qnashuvi noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!