Islom Maxachevning murabbiyi Karlos Pratesning eng xavfli jihatlarini sanab o'tdi

  • 20.10.2026 14:55
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli MMA ustasi Islom Maxachevning murabbiyi Xavyer Mendes "MMA Junkie" ga bergan intervyusida braziliyalik Karlos Pratesning kuchli tomonlarini sanab o‘tdi.

"Karlos Jek Della Maddalenaga qarshi jangda ajoyib ko‘rindi. Menimcha, yarim o‘rta vazndagilar orasida eng portlovchi va aniq zarbalar aynan unda bor. Uning "stoyka"dagi texnikasi juda yuqori saviyada, o‘ziga bo‘lgan ishonchi esa tobora oshib bormoqda. Ko‘rinishidan, Prates kurashdan himoyalanish ustida ham ishlagan va Islom Maxachev bilan to‘qnashuvni intiqilik bilan kutyapti.

U o‘rta masofada tizza zarbalarini juda yaxshi ishlatadi. Masofani ham a’lo darajada his qiladi, qo‘l uzunligi va portlovchi uslubi esa uni yanada xavfli qiladi. Menga braziliyalikning Rikardo Mayorgani eslatadigan obrazi yoqadi. Mayor ga doim sigaret chekardi. Prates ham menga o‘sha mashhur bokschini eslatadi. Mayorga haqiqiy yirtqich edi, Karlos ham shunday.

Balki Karlos kurashda boshqa yigitlar kabi kuchli emasdir, ammo bu uning zaif ekanini anglatmaydi. Bu shunchaki uning nisbatan kuchsizroq tomoni, xolos. Pratesning jiu-jitsusi juda yuqori darajada, shuning uchun biz har qanday stsenariyga tayyor bo‘lishimiz kerak", — dedi Mendes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!