Islom To‘xtaxo‘jaev va Marat Bikmaevlarning axvoli qanday?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Lokomotiv” 30 iyun kuni “Metallurg”ga qarshi birinchi davradagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi. “Temiryo‘chilar” ushbu qarama-qarshilikka qizg‘in tayyorgarlik olib borishmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Loko” futbolchilari bugun ham o‘z qarorgohlarida mashg‘ulot o‘tkazishdi. Mashg‘ulot jarayoni ancha qiziqarli ko‘rinish oldi. Unda dastlab chigalyozdi mashqlari o‘tlagach, maxsus havodagi voleybol mashqlar jamlanmasi bajarildi. So‘ng jarima zarbalari berish hamda standart vaziyatlardan unumli foydalanaish borasida ish olib borildi.

Islom To‘xtaxo‘jaev va Marat Bikmaev yakka tartibda shug‘ullanishni davom ettirishmoqda. Diyor Turopov esa shifokor nazorati ostida engil yugurish mashqlarini bajarish bilan cheklanmoqda. Mahoratli yarim himoyachi katta ehtimol bilan ikkinchi davrada safga qaytadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!