
Islomxon ikki yilga futboldan haydaldi
Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” klubi va Qozog‘iston milliy terma jamoasi etakchisi Bauirjon Islomxon doping tufayli ikki yilga futboldan chetlatildi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi o‘z qarorini e’lon qildi.
27 yoshli futbolchi bundan hayratga tushganini yashirmadi.
- 2020 yilning 18 sentyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuvidan keyin doping test topshirgandim. Musbat natija ko‘rsatganidan hayratga tushdim. Tahlil natijasida metilgeksanamin moddasi chiqdi. Uning juda kam miqdorda ekani preparatni atayin qabul qilmaganimdan dalolat beradi. Faoliyatim davomida biror marta doping qabul qilmagan va sport rejimini buzmaganman. Shu bois, yuz bergan hodisa meni shokka tushirdi, - deydi Islomxon.
Bauirjon Islomxon Qozog‘istonning keyingi yillardagi eng zo‘r futbolchisi va terma jamoa etakchisi hisoblanadi.
Fikrlar