Ispan go‘zali ikkinchi davrada o‘ynaydi
AQShning Florida shatatida ayollar o‘rtasidagi "Miami Open" turnirining asosiy to‘r birinchi davra bahslariga start berildi.
Sara Sorribes-Tormo (Ispaniya) "Premier Mandatory" turkumidagi ushbu musobaqaning ilk bosqichida Aleksandra Krunichni (Serbiya) 6:3, 4:6, 6:0 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa ikkinchi bosqichga yo‘l olgan Sara, endi uchinchi davra yo‘llanmasi uchun xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar