
Ispaniya superkubok finalida "Barselona" va "Real" to‘qnash keladi
Saudiya Arabistonida Ispaniya superkubogi bo‘lib o‘tmoqda. Yarim finaldan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. Unda "Real" "Atletiko"ni 5:3, "Barselona" esa "Osasuna"ni 2:0 hisobida mag‘lub qildi.
Shu tariqa, Ispaniya superkubok finalida "El-Klassiko" guvohiga aylanamiz. O‘yin esa 14 yanvardan 15 yanvarga o‘tar kechasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu mavsum "Barselona" va "Real" La Liga doirasida to‘qnash kelgandi. Kataloniyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda madridliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuni ham ta’kidlash kerak, o‘tgan yilgi Ispani superkubok finalida ham bu ikki klub bir-biriga qarshi maydonga tushib, Xavi shogirdlari kubokni ilib ketgandi.
Fikrlar