Ispaniya terma jamoasi mundialdagi g'alaba uchun AQShga 15 million dollar to'laydi
Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) 2026 yildagi jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng AQSh byudjetiga 15 million dollar miqdorida soliq to‘ladi. Bu haqida Fox News axborot manbalariga tayanib xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, odatda jahon chempionati tashkilotchilari mezbon davlatlar bilan terma jamoalarni soliq to‘lovlaridan ozod qilish bo‘yicha kelishuv tuzadi.
Biroq AQSh rasmiylari Ispaniya terma jamoasi futbolchilarini alohida soliq to‘lovchi shaxslar sifatida ko‘rib, ularni AQSh hududida daromad olgan, deb hisoblagan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi mundial finalda amaldagi jahon chempioni Argentina futbolchilarni mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrin sohibi bo‘lgan edi.

Fikrlar