Ispanlar qanday yutdi? Mourin'yo mundial finalini tahlil qilib berdi

  • 20.07.2026 14:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo 2026 yildgi jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasining Argentina ustidan (1:0) qoʻzongan gʻalabasi haqida fikr bildirdi. 

- Ispaniyaning oʻyini haqiqatan ham hayratlanarli boʻldi. Ular shunchaki jahon chempioni boʻlishmadi, finalning har bir hal qiluvchi daqiqasini toʻliq nazorat qildi. Rostini aytsam, men uchun ham, Argentinga muxlislik qilgan doʻstlarim uchun ham oʻyin biroz zerikarli tuyuldi, chunki bir daqiqa ham Ispaniya nazoratni qoʻldan chiqaryapti, degan hissiyot boʻlmadi.

Farq faqat texnik mahoratda emas, intizomda ham namoyon boʻldi. Ispaniya toʻp nazoratida ustunlik qildi, barcha uzatish yoʻllarini yopib qoʻydi va Argentinga oʻzlari istagan surʼatda oʻynash imkonini bermadi. Ular Argentinga hurmat bilan yondashdi, lekin bir lahza ham raqibdan qoʻrqmadi, — dedi murabbiy.

Mourinyoning taʼkidlashicha, jahon chempioni maqomiga ega jamoani finalda oddiy koʻrinishga majbur qila olgan terma jamoa oʻz kuchi haqida barchaga yetarlicha maʼlumot bergan hisoblanadi.

- Agar jamoa amaldagi jahon chempionlarini finalda shunchalik oddiy jamoadek koʻrsatib qoʻya olsa, buning oʻzi yetarli gap. Ispaniya bu gʻalabaga toʻliq loyiq edi. Birinchi daqiqadan to oxirgi hushtakigacha eng kuchli jamoa boʻlib maydonda turdi va yana bir bor isbotladi: futbolda gʻalaba oʻyinni nazorat qila olgan jamoaga nasib etadi, tarkibida ism-sharifi juda mashhur boʻlgan futbolchilar toʻplangan jamoaga emas, — deya qoʻshimcha qildi Mourinyo.

Eslatib oʻtamiz, Luis de la Fuente shogirdlariga gʻalaba keltirgan yagona golni 106-daqiqada Ferran Torres urdi. Ispaniya tarixida bu jahon chempionatidagi ikkinchi chempionlik boʻldi. Ilk marta ispanlar 2010 yilda jahon chempioni boʻlishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!