
“Valensiya” qilmishidan uyalib qoldi
“Valensiya” tarkibini Urugvay terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi Matias Vesino bilan kuchaytirish maqsadida “Inter”ga murojaat qilib, uyalib qoldi.
Ispaniyaliklar 28 yoshli futbolchi uchun 20 million evrolik taklif jo‘natgandi. “Inter” bunaqa past narxni ko‘rib chiqmasligini ma’lum qilib, darrov rad javobini berdi.
Milanliklar bu futbolchi kerak bo‘lsa, kamida 30 million evrodan boshlangan loyiha bilan murojaat qilish kerakligini bildirdi.
Chunki, joriy mavsumda 18 ta o‘yinda qatnashib, yaxshi saviyadagi futbolchi ekanini isbotlagan urugvaylik charm to‘p ustasiga “Milan”, “Latsio”, “Everton” va “Sevilya” kabi puldor jamoalar ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar