Isroil Madrimov GGG dan avvalgi ikkinchi markaziy jangda ringga ko‘tariladi

  • 1 oktabr, 2019, 11:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 5 oktyabr kuni professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimov navbatdagi jangin o‘tkazadi. "Madison Square Garden" da bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida yurtdoshimizga meksikalik Alexandaro Barrera raqiblik qiladi. Ushbu qarama-qarshilikning yana bir ahamiyatga molik jihati shundaki, bunday katta shoularda anchadan beri yurtdoshlarimiz markaziy janglarda ishtirok etmagan edi. Ya’ni, asosiy jang Gennadiy Golovkin va Sergey Derevyanchenko o‘rtasida bo‘lsa, ikkinchi markaziy jang sifatida aynan Isroil va Barrera qarama-qarshiligi o‘rin olgan. Xullas, o‘ziga hos tarixiy voqeylik desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Isroil Madrimov ushbu jang kechasida aynan GGG jangidan oldin ringga ko‘tariladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!