Isroil Madrimov: "Keyingi jangim ham kamar uchun bo‘ladi"

  • 8 avgust, 2024, 20:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Isroil Madrimov yurtimizga qaytib keldi.

Xabaringiz bor, yaqindagina  AQShning Los-Anjeles shahrida katta professional boks oqshomi tashkil etilgan edi. Ushbu oqshomning markaziy jangida Isroil Madrimov AQShlik Terens Krouford bilan birinchi o‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun jang qildi.

Bugun tongda esa bokschimiz O‘zbekistonga qaytib keldi. Madrimovni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida rasmiylar va keng jamoatchilik tantanali ravishda kutib oldilar. Madrimov Krouford bilan jang, navbatdagi rejalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Assalomu alaykum, Isroil aka O‘zbekistonga xush kelibsiz. Avvalambor, jang haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsangiz?

"Assalomu alaykum hammaga! Shunaqa katta e’tibor bilan kutib olganingiz uchun rahmat. 

 Jangga to‘xtaladigan bo‘lsak, yaxshi jang bo‘ldi. Juda yaxshi tayyorgarlik qilgandik, raqib kuchli  va tajribali ekanligini bilardik. Shunga yarasha unga qarshi taktika ishlatib, 12 raund yaxshi jang qildim deb o‘ylayman. To‘g‘risini aytsam, dunyo boksi shu jangdan keyin o‘zbek bokschilariga tan berdi.  Meni nokaut bilan mag‘lub bo‘ladi deb o‘ylashgan edi.  Ular o‘ylaganidan ko‘ra yaxshiroq natija ko‘rsatganimdan xursandman.

Ketma-ket katta janglar o‘tkazyapsiz. Birinchi kamar uchun, keyin esa kamar himoyasi uchun. Krouford uchun jangga taxminan 5 oy tayyorgarlik ko‘rdingiz va bu kam bo‘lmadimi?

Chempionlik jangimga 5 oy bo‘ldi, bu vaqt ichida o‘zimni tiklab oldim. Men kamarimni Krouford bo‘lmasa boshqasi bilan bo‘lsada jang qilib himoya qilishim kerak edi. O‘ylaymanki bu to‘g‘ri qaror bo‘ldi. 

Hakamlarning bahsli qarori haqida nima desiz?

Barcha ko‘rib turganidek, jang eng kamida durang deb baholanishi kerak edi. "Chempiondan kamarni olish uchun yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonish kerak", -  deb  promouter Eddi Xirn ham aytib o‘tdi. 

Ko‘plab boks  yulduzlari va ekspertlar ham shuni ta’kidlashmoqda. Muxlislar ham ko‘rishdi, ko‘proq ustunlik men tomonda bo‘ldi. Shu paytgacha AQShda bunaqa katta jang tashkil qilinmagan va O‘zbekiston madhiyasi yangramagan edi. Men shu ishni amalga oshirganimdan xursand qildi. Yurtimiz sharafini munosib himoya qila oldim deb o‘ylayman.

Jang qarori bahsli bo‘ldi va revansh bo‘lishi mumkinmi?

Revansh bo‘yicha menejerlarimiz ishlashyapti.  Albatta bu faqat menga emas, Kroufordning ham rejalarga bog‘liq.  Endi boshqa versiyalarda ham janglar ko‘payadi. Keyingi jang ham kamar uchun bo‘ladi,  faqat boshqa yo‘nalishda. 
Jangdan so‘ng uning jamoasidagilar bilan kelib  jang uchun rahmat aytishdi. Chunki u 8 yildan beri 12 raundlik jang qilmagan edi. Keyingi janglarimga omad tiladi. Iste’dodli ekansan dedi. Ring ichida raqibmiz tashqarida esa, yaxshi hamkasb bo‘lib oldik desam ham bo‘ladi. Bu jangda boshqalariga qaraganda o‘zimni ancha yaxshi his qildim.  Orzuimdagi jang bo‘lganligi uchundir, balki.

https://youtu.be/doP4quGyp7Q?si=7f8Zww3OlqN19Igc

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!