Isroil Madrimov va Otabek Xolmatov vaznida chempionlik janglari belgilandi!
17 oktyabr kuni AQShning Karson shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Kechaning markaziy to‘qnashuvida birinchi o‘rta vaznda WBC chempioni Sebastyan Fundora (24-1-1, 16 KO) majburiy da’vog‘ar Ermal Xadribeya(23-0-1, 8 KO)ga qarshi jang qiladi.
Shu kuni boks muxlislari uzoq kutilgan qaytishga ham guvoh bo‘ladi: o‘rta va birinchi o‘rta vazn toifalarida sobiq jahon chempioni bo‘lgan Jermall Charlo (34-0, 23 KO) yana ringga ko‘tariladi. Unga avstraliyalik Koen Mazudye (16-4-1, 6 KO) raqiblik qiladi. Ushbu bahs 76,2 kg vazn toifasida, o‘n raund etib belgilangan.
Kechaning yana bir muhim to‘qnashuvi – yarim engil vazndagi WBA chempionlik jangi. Unda amaldagi chempion Brendon Figeroa (27-2-1, 20 KO) kamarini Tomoki Kameda (42-5, 23 KO)ga qarshi himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, WBC ning birinchi o‘rta vazn toifasi reytingida taniqli bokschimiz Isroil Madrimov 8 o‘rinni egallab turibdi. Yarim engil vazndagi WBA reytingida esa yana bir hamyurtimiz Otabek Xolmatov ham 8 o‘rinda bormoqda.

Fikrlar