“Istanbul Bashakshehir” kelasi mavsum evrokuboklarda ishtirok etadimi?
Turkiya Superligasining 32-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Ushbu turda hamyurtimiz to‘p tepayotgan “Istanbul Boshakshehir” “Fenerbahche”ga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ushbu natijadan so‘ng jamoaning evrokuboklarga yo‘llanma olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Ma’lumki, chempion to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chempionlar ligasiga yo‘llanma oladi, 2-o‘rin egasi saralash bosqichida ishtirok etadi. 3-o‘rindagi jamoa Yevropa ligasiga, 4-o‘rin sohibi esa Konferensiyalar ligasi saralash bosqichiga yo‘l oladi.
Hozirda Nuri Shahin shogirdlari 51 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda. Mavsum yakunlanishiga esa yana ikki tur qolgan.

Fikrlar