Istomin germaniyalik tennischi oldida ojiz qoldi
Mukofot jamg‘armasi 137,560 evroni tashkil etuvchi turnirda hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etmoqda. Bugun O‘zbekistonning birinchi raketkasi yakkalik bahslari (1/16 final) doirasida germaniyalik Benjamin Xassanga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 2 daqiqa davom etgan uchrashuv tennischimizning 4:6, 2:6 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakun topdi. Ma’lumot uchun, Denis ATP reytingida 103, uning raqibi esa 370-pog‘onada bormoqda.



Fikrlar